Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Import qilingan urug‘likning 406 tonnasi unib chiqmagan

Bozorlarda narx-navoning barqarorligini ta’minlash va aholining kartoshkaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida xorijdan sifatli va yuqori hosilli kartoshka urug‘larini olib kelib ko‘paytirish amaliyoti joriy qilingan. Ammo...

- Reja asosida “Samarqand kartoshkachilik markazi”, “Bananza Treyd Eksport”, “ShO‘RChI-AGRO-TAYYoRLOV”, “Abirkul agro tayyorlov”, “Samgold” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va “JOHN EXIM COMPANY” kabi importyor korxonalar xorijdan kartoshka urug‘lari keltirishdi, - deydi viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Boltaboyev. – Olib kelingan 3439 tonna urug‘ 1112 gektar maydonga ekildi. Biroq o‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, import qilingan urug‘likning 406 tonnasi, ya’ni 12 foizi chirigan va hosil olishga yaroqsiz bo‘lib chiqdi.

Buni tumanlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, Ishtixon tumanida 10,7 tonna, Payariqda 6 tonna, Jomboyda 35,4 tonna, Samarqand tumanida 38,1 tonna, Urgut tumanida 58 tonna va Oqdaryo tumanida 257,6 tonna urug‘lik chirib ketgan yoki unib chiqmagan.