Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Indoneziyalik ayol salomatligini tiklash uchun suv ichishdan voz kechdi

Indoneziyalik 35 yoshli ayol Sofi Partik o‘zining bo‘g‘inlaridagi og‘rig‘i, oshqozonidagi muammosi, ko‘zlari ostidagi ajinlari va allergiyadan qutulish uchun g‘alati vositadan foydalanishga qaror qildi. U dugonasining maslahatiga ko‘ra suv ichishdan voz kechdi.

Vrachlar bu muammolardan xalos bo‘lishi uchun unga shifokor va kosmetologga murojaat qilishni maslahat berishiga qaramay, ayol o‘z qarorida qat’iy turibdi.

«Deyli meyl» gazetasining yozishicha, Sofining “quruq ro‘zasi» har kuni 13-14 soat davom etadi. Shundan so‘ng u turli meva sharbatlari ichadi. Uning aytishicha, meva sharbatlaridan u organizm uchun zarur bo‘lgan suyuqlikni olar ekan. Birinchi bo‘lib uni tashvishga solayotgan ko‘zlari ostidagi ajinlar yo‘qoldi va o‘zini yengil his qila boshladi.

«Men “quruq ro‘za” tutishni boshlaganimda tez orada organizm shishadagi yoki vodoprovoddagi oddiy suvga ehtiyoj sezmasligini angladim, - deydi Sofi. – Bu buyraklar dam olishiga yordam beradi, shundan keyin ular yaxshi ishlay boshlaydi».

Dastlabki kunlarda uning og‘zi quruqshab, miyasi suv talab qila boshladi. Lekin u chidam bilan tajribasini davom ettirdi. Bir yildan buyon Sofi o‘zining bu «ro‘za»sini 52 soatga yetkazdi. Endi esa 10 kunga uzaytirmoqchi.

To‘g‘ri, vrachlar bu uning sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazishi, buyraklarda tosh paydo bo‘lishiga olib kelishi haqida ogohlantirishmoqda. Vitaminlar va mineral moddalar yetishmasligi, suvsizlik odamni hushidan ketkazishi va qon bosimini tushirib yuborishi mumkin.

Sofi esa salomatligi yaxshilangani, suvdan voz kechish orqali o‘zini kuch-quvvatga to‘lgandek his etayotganini ta’kidlaydi. Ammo u “bunday davolash hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi, unga ruhiy tayyorgarlik va qat’iy ishonch talab etiladi”, deydi.

«Mir novostey» (2020 y. 7-son).