Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Inson miyasi bilan bog‘liq 4 ta qiziqarli fakt

Hozirgina tanishgan odamning ismini unutib qo‘ygan holatlaringiz bo‘lganmi? Fikrlar ko‘pligi tufayli ba’zida ertalab soat 4:00 gacha uxlay olmagan kunlaringiz ham bo‘lgandir? Ba’zi bir aniq narsalarni ko‘rmay, e’tibor bermagan vaqtlaringizchi? Gap shundaki, inson miyasining nomukammalik tomonlari hali ham o‘rganilmagan. Maqolada g‘alati xatti-harakatlarimizni tushuntirib beradigan qiziqarli faktlar bilan tanishing.

Xonaga kirib nima uchun kelganingizni unutdingizmi?

Albatta, biron bir narsani olish uchun xonaga kirib, nima maqsadda kirganingizni esdan chiqarib qo‘yib, «Bu yerga nima uchun kelgandim o‘zi?», deya vaziyatni anglolmaslik holati barchamizga tanish. Gap shundaki, ba’zida qisqa muddatli xotiramiz kichik bir to‘xtalishni keltirib chiqaradi va ma’lumot shundoqqina yo‘qoladi. Har bir soniyada o‘ylashimiz, ketma-ket biror bir ish qilishimiz sababli miya ora-sorada tushgan xabarlarni inkor etadi.

Nega tanqid bizga salbiy ta’sir qiladi?

Tanqid miyamiz uchun alangalanish manbai. Hatto bir talay odam sizni maqtasa ham, tanqid qilgan kishini ko‘proq eslab qolasiz. Bu yerda gap bizga qaratilgan tanqid stressga olib kelishida va qarshilik ta’sirini keltirib chiqarishida boryapti. Psixologik nuqtai nazardan esa tanqid biz uchun unchalik noaniq va noma’lum vaziyat.

Nega vahima bosgan vaqtlar bo‘lib turadi?

Har bir inson tasavvurida kechasi uning xonasida har xil dahshatli voqealar yuz berganini eslay oladi. Guyoki, o‘g‘ri kiryapti yoki ko‘ziga biror sharpa  ko‘rinadi yo eshik qoqilgandek bo‘ladi. Gap shundaki, atrofimizda har xil xatarli hodisalar ro‘y berib turgan hollar ham kuzatiladi. Bizning miyamiz har qanday potensial tahdidga tayyor turadi. Qo‘rquv miyamizni «urish yoki yugurish»ga tayyor bo‘lib turishga undaydi. Bunday lahzalarda asab tizimi tanadagi kuchlarni safarbar qiladi. Shuning uchun siz keragidan ham ko‘proq narsalarni ko‘rasiz.

O‘zining qobiliyatiga ishonmaslik

Tortishuvlarda aqlli odamlarning ahmoqlarga yutqazib qo‘ygan hollariga duch kelganmisiz? Gap shundaki, ongli kishi doimo yangi narsalarni o‘rganadi. Shuning uchun u o‘zining haqligini isbotlash majburiyatini olmaydi va har qanday savol 100 foiz javobga ega emasligini tushunadi.

Aqlsiz odam shubhalarni ortga olib qo‘yib, kamchiliklarini sezmaydi. Shuning uchun u har doim bitta aniq javobga ega va o‘zi uchun nizolarda g‘alaba qozongan hisoblanadi. Shu tariqa umumiy haqiqat ostida o‘z shaxsiy fikrini bayon qiladi.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.