Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Insonda bioritm kunning qaysi paytida faol bo‘ladi?

01.00:  Shu vaqtda inson shirin uyquda bo‘lsada, bosh miya organizmdagi patologik jarayonlar haqidagi axborotlarni yaxshi qabul qiladi. Og‘riqlar, jumladan tish og‘rig‘i mana shu paytda kuchayadi. Bu vaqtdagi uyqu chuqur bo‘lmaydi, ko‘pincha bu paytda tush ko‘riladi va oson uyg‘onish mumkin.

02.00: Jigardan boshqa tananing barcha qismlari passiv holatda bo‘ladi. Bu paytda jigarning dezintoksikatsion funksiyasi eng yuqori cho‘qqiga chiqadi.

03.00: Tana to‘lig‘i bilan sekin ishlay boshlaydi. Bu vaqtda insonning qon bosimi eng quyi bosqichda bo‘ladi. Nafas olish va qon tomirlari juda sekin ishlaydi.

04.00: Organizmdagi ichki sekretsiya bezlari zo‘r berib ishlay boshlaydi. Quloqning eshitishi yaxshi ishlab, salgina ovoz eshitilsa ham odam darrov uyqudan uyg‘onadi. Statistikaga ko‘ra bemorlarning ko‘pi shu vaqtda ko‘z yumar ekan.

05.00: Buyraklar bir qolipda ishlab, shu mahalda turganlar kun bo‘yi tetik yura oladi.  Odamlarning ko‘pchiligi tongi 05.00 da umuman tush ko‘rmaydi.

06.00: Qon bosimi ko‘tarilib, yurak urishi tezlashadi. Agar inson o‘zi uxlab yotsa ham, uning badani uyg‘oq bo‘ladi.

07.00: Organizm viruslar, bakteriyalardan tozalanadi.

08.00: Tana dam olib, jigar har qanday zaharli moddalardan tozalanib, dam oladi. Bu vaqtda spirtli ichimlik ichilganda boshqa vaqtdagiga nisbatan jigarga katta ziyon yetadi.

09.00: Inson ruhiy jihatdan faol bo‘lib, kasalni sezmay qoladi. Yurak shu daqiqalarda yaxshi ishlaydi.

10.00: Odam soat o‘ndan tushgacha har qanday og‘ir ishni bajara oladi. Sababi organizm kuchga to‘lgan bo‘ladi.

11.00: Yurakning urishi sekinlab, bir qolipga tusha boshlaydi. Og‘ir ishlarni qilishda hammadan ham muskullarga, miyaga kuch keladi.

12.00: Qorinni o‘ta to‘yg‘azib olish yaramaydi. Sababi, bu vaqtda barcha organizm harakatda bo‘lib, oshqozonga qattiq kuch keladi.

13.00: Jigar “dam olish”ga chiqib, qon aylanishi kuchayadi. Qanchalik harakat qilsangiz ham organizm dam olishni xohlab, sizning irodangizni yengadi.

14.00: Badiiy qilib aytganda, bu vaqtda inson organizmi to‘la dam olib, sizga umuman bo‘ysunmaydi. Yurak urishi boshqa vaqtdagidan pastlashadi.

15.00: Barcha organlar uyg‘onib, ovqatga ishtaha paydo bo‘ladi. Qanday ovqat yeyishdan qit’iy nazar, oshqozonda yaxshi hazm bo‘lib, semirtirmaydi.

16.00: Qondagi qand miqdori oshadi. Bu vaqtda shirinlik iste’mol qilishdan voz kechganingiz ma’qul.

17.00: Energiyangiz oshib-toshmasa ham, organizmning o‘zi qora ishga yaroqli bo‘ladi. Aksariyat sportchilar soat 17:00 dan 19:00 gacha mashq qiladi.

18.00: Hech qanday ish bo‘lmasa-da, organizm harakatda bo‘lishni xohlaydi. Ruhiy faollik shu daqiqadan boshlab pasaya boshlaydi.

19.00: Qon bosimi ko‘tarilib, inson ruhiyati barqaror holatda bo‘lgani bilan asab zo‘riqib turadi. Bosh og‘riqlari borlar uchun qiyin vaqt.

20.00: Sakkizlarda barcha narsa harakatda bo‘ladi. Ayniqsa haydovchilar uchun qulay vaqt. Inson organizmi tezlikni xohlab qoladi.

21.00: Insonning ruhiy holati joyiga qaytadi. Shu vaqtda studentlarga yoki aktyorlarga tekst yodlash uchun qulay vaqt hisoblanadi.

22.00: Tana harorati pasayadi, yurak urishi sekinlashib, organizm tinchlikni xohlab qoladi.

23.00: Tana dam olishga hozirlanib, harakatni yoqtirmaydi. Miya ma’lumotlarni yomon qabul qilgani sababli kitob yoki gazeta o‘qish tavsiya qilinmaydi.

24.00: Kunning oxirgi soati tush ko‘rishga qulay vaqt. Birgina tana emas, insonning miyasi ham bir kunlik xulosani chiqarib, o‘ziga kerakli narsalarni ilg‘ab oladi.