Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Internet yulduzi bo‘lish uchun qarama-qarshi yurib, salomatligini xavf ostiga qo‘ygan qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi

3 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonlik “Jentra“ xaydovchisi bugun juda yomon tush ko‘rishi aniq” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.

Video lavhada “Lasetti” rusumli 60 Ye 471 RA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi “Yo‘l harakati qoidalari”ni qo‘pol ravishda buzib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanib, yo‘l-transport hodisasini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etgan. Shuningdek, mumkin bo‘lmasa-da, transport vositasining old qismiga ko‘k-qizil rangli mayoqchali, yalt-yalt o‘chib yonuvchi chiroqlar o‘rnatilganligi video lavhada aks etgan.

Video lavha yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda, “Lasetti” rusumli, 60 Ye 471 RA davlat raqam belgili transport vositasini haydovchi Sh.I. boshqarganligi aniqlandi.

Video lavhada transport vositasining yon oynalari tusi qoraytirilganligi holati bo‘yicha DYHXX tomonidan ruxsatnoma mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.

Haydovchiga nisbatan sodir etgan qoidabuzarliklari yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.