Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari Indoneziyada yozgi dam olish kurslarida bepul o‘qitiladi

“Ipak yo‘li”  turizm xalqaro universitetida Indoneziyaning Gunadarma Margianti universiteti rektori tomonidan "Jamiyat himoyasida insonni anglash doirasi" mavzusida taqdimot o‘tkazildi hamda universitetlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, talabalar Indoneziyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Joriy yilning aprel oyida Matrissya Hermitaning  Indoneziyaning 30 ta universitetlari rektorlari bilan birgalikda  “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan memorandum tuzish uchun Samarqandga tashrifi rejalashtirilgan.

Shuningdek, uchrashuvda talabalarning  Indoneziyada yozgi dam olish kurslarida bepul o‘qishga yuborish masalalari ham muhokama etildi. Ular dam olish bilan bir qatorda Indoneziya sayyohlik salohiyatini o‘rganish va foydali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Viloyat Turizmni rivojlantirish

departamenti matbuot xizmati.