Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixon tumani mutasaddilariga savolingiz bormi?

2019 yil 28 aprel kuni soat 20:00 da Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvida Ishtixon tumani sektor rahbarlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar boshliqlari ishtirokida muloqot o‘tkaziladi.

Siz o‘zingizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalarni ko‘rsatuvgacha va ko‘rsatuv davomida (66) 233-96-01, 233-96-07, 233-96-08, 233-96-09 raqamli telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish orqali bildirishingiz mumkin.

Bildirilgan barcha murojaatlar viloyat hokimligi va viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan nazoratga olinadi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.