Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda haydovchining yonidan “opiy” giyohvandlik moddasi topildi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi va viloyat DXX xodimlari hamkorlikda Ishtixon tumanida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish borasida tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda fuqaro A.R. boshqaruvidagi “VAZ–2106” rusumli avtotransport vositasi “Urgut-Ishtixon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotganda M-39 yo‘lining Ishtixon tumaniga kirish yo‘l chetida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada fuqaroning kurtkasining ichki cho‘ntagidan 1 dona sellofanga o‘ralgan qizg‘ish, jigar rangli o‘tkir hidli “opiy” giyohvandlik moddasiga o‘xshash, taxminiy og‘irligi 200 gramm bo‘lgan modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.