Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ishtixonda tazyiqqa uchragan ayolga «Himoya orderi» berildi

Yurtimizda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishi alohida nazoratga olingan.

Ishtixon tumani G‘.G‘ulom mahallasida yashovchi fuqaro D.Mamayevaning turmush o‘rtog‘i doimiy tazyiq ostiga olib kelgan. Fuqaro D.Mamayeva tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, himoya orderi berishni so‘ragan.

Ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Ishtixon tumani IIB xodimasi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, leytenant M.Primova xonadonga borib, fuqaro D.Mamayevaga himoya orderining tegishli nusxalari to‘ldirilib taqdim etildi.

Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.