Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ispaniya xorijdan keladigan sayyohlar uchun “xavfsiz yo‘lak” tashkil etishni rejalashtirmoqda

Ispaniyaning Ekologik o‘zgarishlar vaziri Teresa Ribera hukumat xorijdan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun “xavfsiz yo‘lak” tashkil etish imkoniyatlarini izlayotganligi haqida so‘z yuritdi.

“Biz bir yoki ikki hafta davomida koronavirus bilan kasallanish darajasi uchdan bir qismiga kamaygan hududlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun xavfsiz yo‘laklar tashkillashtirish haqida o‘ylayapmiz”, dedi u Financial Times nashriga bergan intervyusida.

Oldinroq mamlakatning Transport vaziri Xose Luis Abalos Ispaniya iyun oyining oxiridan boshlab xorijiy sayyohlarni qabul qilishni boshlashi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.

Ayni vaqtda Ispaniyada chet el fuqarolarining kirishiga qat’iy cheklovlar qo‘yilgan. Mamlakatga faqat fors-major holatidagi odamlar, diplomatlar va chegara hududida ishlaydigan odamlar kirishi mumkin. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan kelgan fuqarolar ikki haftalik karantinga olinadi.

Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Arancha Gonsalem Layya juma kuni turizm sohasining mamlakat iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim ekanligini va koronavirus tarqalishini nazoratga olgan holda, iloji boricha tezroq mehmonlarni qabul qilishni boshlashga intilayotganliklarini ta’kidladi.