Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Isroil fuqarosi emlashdan so‘ng yurak xurujidan vafot etdi

Isroillik fuqaro koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganidan bir necha soat o‘tgach, yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zining Telegram-kanalida xabar bermoqda.

Mamlakatning shimolida yashovchi 75 yoshli keksa uzoq vaqtdan beri yurak xastaligi va xavfli o‘sma kasalligi bilan og‘rigan. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ilgari u bir necha bor yurak xurujini boshdan kechirgan.

Erkak koronavirusga qarshi uyda emlangan va bir necha soatdan keyin vafot etgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu hodisani tekshirish uchun zudlik bilan komissiya tayinladi. Hozirgacha hech narsa o‘limning vaksina bilan bog‘liqligini ko‘rsatgani yo‘q. Isroilda emlash davom etadi.

Oktyabr oyi oxirida Oksford universiteti va AstraZeneca ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi emlash milliy sinovi ko‘ngillilaridan biri Braziliyada vafot etdi. 28 yoshli test ishtirokchisining vafoti COVID-19 asoratlari natijasida bo‘lgan.