Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

ISUZU pikaplarining birinchi sotuvi boshlandi

2020 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda birinchi “ISUZU D-Max” pikaplari sotuvi boshlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar SamAuto zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo‘natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat bo‘ldi”, deyilgan xabarda.

Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo‘lovchilar o‘rindig‘i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan “D-MAX IRBIS” modifikatsiyasini afzal ko‘rishdi.

«D-MAX IRBISi»ning yuk ko‘tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi.

O‘zbekistonda pikaplar realizatsiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug‘ullanmoqda.