Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxda avtomashinani olib qochgan maktab o‘quvchilari ushlandi

21 iyun kuni Jizzax shahrida soat 01.00 larda noma’lum shaxslar M.Ulug‘bek mahallasi hududida joylashgan “Jizzax temir yo‘l vokzali” avtoturargohida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Sh.Rashidov tumanida yashovchi 38 yoshli U.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Sh.Rashidov tumani “Yangihayot” MFY hududidan o‘tuvchi “Jizzax-Forish” yo‘lining 24-km.dan texnik soz holda topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sh.Rashidov tumani Ravalliq mahallasida yashovchi, 11-sonli o‘rta maktabning ikki nafar 9-sinf o‘quvchilari O.A. va N.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.