Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxdagi qandolat sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 12 iyun kuni Jizzax shahri “H.Olimjon” mahallasi R.Axmurodov ko‘chasida joylashgan “Bonu shirinliklari” MChJga qarashli qandolatchilik sexida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari va qutqaruv otryadining 2 ta bo‘linmalari yuborilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan binoning 900 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in oqibatida qandolatchilik sexining 400 kv.metr maydonda tom qismi, ichki jihozlari va mahsulotlari yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.