Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jizzaxlik 35 nafar urush va mehnat faxriylari Samarqandga sayohat qildi

Jizzax viloyat Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan 35 nafar urush va mehnat faxriylari Samarqand viloyatidagi ziyoratgohlarga sayohati uyushtirildi.

Urush va mehnat faxriylari dastlab, viloyatdagi Imom Buxoriy majmuasiga tashrif buyurishdi.

Shundan so‘ng, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi, Islom Karimov qabri hamda Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi qadamjolarga tashrif amalga oshirildi.