Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboy tumani hokimiga maslahatchi tayinlandi

Tuman hokimining 2 sentyabrdagi farmoyishiga muvofiq Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha hokim maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

G.Muqaddasova 1990 yilda tug‘ilgan. Samarqand qishloq xo‘jalik instituti hamda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Tuman hokimligida turli vazifalarda samarali faoliyat yuritgan.