Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboyda jiyan jahl ustida o‘z amakisini pichoqlab qo‘ydi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 4 yanvar kuni pichoq bilan tan jarohati yetkazish holati yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Jomboyning «Qulbosti» mahallasida yashovchi J.A. o‘z uyida birga yashovchi amakisi B.G‘. bilan janjallashgan va janjal vaqtida amakisining qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

«Natijada B.G‘. kasalxonaga yotqizilgan. J.A. ushlangan», — deyiladi IIV axborotida. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz