Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboyda kambag‘allikda kun kechirayotgan oilalar 9,8 foizga kamaydi

Bu hakda Jomboyda o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 7-sessiyasida aytildi.

Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari F.Majidovning qayd etilishicha, joriy yilning mart oyida tuman bo‘yicha 2 ming 170 ta yordamga muhtoj, kambag‘al oilalar ruyxati shakllantirilgan. Ushbu xonadonlarda 9 ming 845 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Kambag‘allikdan chiqarish dasturi doirasida olib borilgan sa’y-harkatlar 214 oilaning ijtimoiy holati yaxshilanishiga imkon bergan. Xususan, 916 nafar shaxs doimiy daromad manbai bilan ta’minlangan. Jumladan, 234 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, 381 nafari o‘zini-o‘zi band qilgani rasmiy hisobga olingan. 118 nafari esa mavsumiy va boshqa yo‘nalishlarda ish bilan band.

Hisobot davomida  tuman bo‘yicha kambag‘allikda kun kechirayotgan oilalar 9,8 foizga kamaygani aytildi.