Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jomboyda “Targ‘ibot avtokarvoni” tashkil etildi

Jomboy tumani hududida og‘ir oqibatli va insonlar o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sodir etilishining oldini olish maqsadida tuman hududida 2020 yil 15 fevraldan 1 martga qadar “Harakat xavfsizligi o‘n besh kunligi” tadbiri o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan 2020 yil 15 fevral kuni Jomboy tumanida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Samarqand viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda har qanday yo‘l-transport hodisasining oldini olish o‘z qo‘limizda ekani, haydovchilar tezlikni oshirmasligi, mast holatda avtoulovni boshqarmasligi zarurligi ta’kidlandi. So‘ngra tuman markaziy va ichki yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarini og‘ir oqibatlarini aks ettiruvchi, fuqarolarni ogohlik va hushyorlikka chaqiruvchi targ‘ibot avtokarvoni harakatlandi.

Tadbirda ishtirokchilarga bugungi kunda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarini oldini olishda mobil-targ‘ibot avtomashinasi hamda boshqa ko‘rgazmali vositalar namoyish etildi.