Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Joriy yil Samarqandda Prezident maktabi o‘z faoliyatini boshlaydimi?

Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida karantin sharoitida ta’lim jarayonlarini tashkil etish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilgan:

- Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlaridagi Prezident maktablari, Surxondaryo viloyatidagi Ro‘zi Choriyev hamda Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablarining faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanishi;

- Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o‘quv yiliga o‘quvchilarni 5-sinfga qabul qilish imtihonlarini 2021 yilga qoldirilishi hamda 2021/2022 o‘quv yilida 5-6 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinishi belgilangan.

G‘ayrat BOBOXOLOV,

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i.