Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

JSST koronavirus qurbonlari soni 2 millionga yetishini taxmin qildi

Dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni ikki millionga yetishi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi Favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan ta’kidladi.

“To‘qqiz oy ichida million kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Vaksina paydo bo‘lishiga yana to‘qqiz oy vaqt ketishi mumkin. Bu vaqtga qadar esa yana million kishi qurbon bo‘lishi ehtimoli bor”, deya taxmin qildi JSST vakili. Shu bilan birga, u bunday bo‘lishining oldini olish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq JSST odamlarni grippga qarshi emlash COVID-19 bilan kurashda yordam bermasligini, biroq milliy sog‘liqni saqlash tizimlaridagi qo‘shimcha yukni yengillashtirishda yordam berishini ma’lum qilgan edi.