Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Jurnalist bo‘lishni istaysizmi?

Unga oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurslarida tahsil olayotgan yoki bitirgan, jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar tanlov asosida qabul qilinadi.

O‘qish 2018 yil dekabr oyidan 2019 yil iyun oyiga qadar davom etadi.

Mashg‘ulotlar haftada ikki kun jurnalistika sohasi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalarining tajribali xodimlari tomonidan olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotlar, ijodiy seminarlar ommaviy axborot vositalari tahririyatlarida olib boriladi va ularga tajribali jurnalistlar murabbiylik qiladi.

Kursni muvaffaqiyatli bitirganlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi hamda viloyatdagi ommaviy axborot vositalariga ishga taklif etiladi.

Markazda o‘qish bepul.

O‘qish istagida bo‘lganlar 2018 yil 1 dekabrga qadar “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyatiga (Samarqand shahri Ulug‘ Tursunov ko‘chasi, 80-uy, telefonlar: 233-91-51, 233-91-78, 233-91-58 www.zarnews.uz; @zarnews_uz; twitter.com/zarnews_uz; www.facebook.com/zarafshon.gazetasi; E-mail:[email protected]) murojaat qilishlari mumkin.