Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kanalning muhofaza zonasiga kiruvchi yer maydonida noqonuniy ravishda ekin ekkan shaxs jarimaga tortildi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 dekabrdagi 981-qarori ijrosi yuzasidan Narpay tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi nazorat inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi “Narpay” kanalining muhofaza zonasida kuzatuv-reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumanning Barkamol mahallasida yashovchi M.N. “Narpay” kanalining muhofaza zonasiga kiruvchi yer maydonini noqonuniy ravishda tekislab, qishloq xo‘jalik ekinlari ekib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 82-moddasi 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Samarqand viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.