Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin davrida O‘zbekistonga kirish-chiqish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari paytida O‘zbekistonga kirish va chiqish tartibi to‘g‘risida ko‘p so‘raladigan savollarga javob berdi.
- COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralari davrida fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartibi qanday?

Javob:

1. 2020 yil 15 iyundan boshlab quyidagi toifadagi fuqarolarga aviaqatnovlar orqali O‘zbekistonga kirish uchun karantin choralari soddalashtirildi:
- xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a’zolari;
- investitsiya loyihalari doirasida xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlarning O‘zbekistonda ishlayotgan mutaxassislari;
- davolanish uchun kelayotgan shaxslar;

- O‘zbekistonda «doimiy yashash joyiga ega» xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Ushbu toifadagi fuqarolar mamlakatga kirish uchun ruxsatnoma so‘rab O‘zbekiston Respublikasining tegishli organlariga murojaat qilishlari shart emas.

2. Xorijda vaqtincha bo‘lib turgan yoki chet elda doimiy asosda yashovchi va vatanga aviaqatnovlar orqali qaytishni istayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mamlakat hududiga kirishlarida hech qanday cheklovlar ko‘zda tutilmagan.

3. O‘zbekistondan tranzit orqali boshqa davlatga ketayotgan chet el fuqarolarning mamlakat hududidan o‘tishlariga xorijiy davlat diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasining O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga avvaldan qilgan so‘rovlari asosida ruxsat beriladi.