Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantin qoidalariga amal qilmagan DSENI mas’ul xodimi jarimaga tortildi

Viloyat prokuraturasi ishchi guruhi tomonidan viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshqarmasida qarantin qoidalariga rioya qilinishi nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan karantin qoidalariga amal qilinmayotganligi, fuqarolar ijtimoiy masofaga amal qilmasdan, bino ichida to‘planib turgani bo‘yicha ijtimoiy tarmoqda tarqalgan lavhalarga aniqlik kiritildi.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham boshqarma binosiga kirishda karantin talablariga rioya qilish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmagan. Xususan, bino tashqarisida ijtimoiy masofani saqlash uchun lenta yoki biron bir belgi qo‘yilmagan. Oqibatda odamlar to‘planib qolishiga, ular xodimlar tomonidan tekshirilmasdan ichkariga kirishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Boshqarma xodimlari himoya va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlanmagan.

Ushbu holat yuzasidan vakolat doirasida chora ko‘rilib, aniqlangan kamchiliklar bartaf etildi. Jumladan, binoning kirish qismiga ijtimoiy masofani ko‘rsatuvchi chiziqlar chizilishi va boshqa shu kabi karantin talablari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi ta’minlandi.

Shuningdek, boshqarma binosi turli chiqindilardan tozalanib, binoga kirish joyida har bir fuqaroni dezinfeksiyalovchi 2 ta uskuna tashkil etildi. Hujjatlar bilan ishlovchi inspektorlar xonasiga antiseptik vositalar qo‘yilib, xodimlar tibbiy qo‘lqoplar bilan ta’minlandi.

Aniqlangan kamchiliklarga yo‘l quygan boshqarmaning mas’ul xodimi T.Rajabovga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarima jazosi belgilandi.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati.