Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Karantinda yozgi bolalar oromgohlari faoliyati qanday tashkil etiladi?

➖ Hozirda 80 ga yaqin bolalar ormgohi ish boshlashi rejalashtirilgan.

Asos — Bolalarni xavfsiz dam oldirish va sog‘lomlashtirishni tashkil qilish Respublika muvofiqlashtiruvchi komissiyasinining 26 maydagi 1-sonli bayoniga muvofiq tasdiqlangan dislokatsiya.

Oromgohga dam olish va ishlashga boradigan bolalar va tarbiyachilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rinkdan o‘tishadi;

Ota-onalar va qarindoshlarga bolalarni ko‘rish uchun oromgohlarga borishi va oziq-ovqat mahsulotlarini olib borishga ruxsat berilmaydi.

Har bir oromgohda tegishli epidemiyaga qarshi tadbirlar belgilangan, deb javob berdi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.