Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘on tuman pillakorlari 297 tonna pilla topshirib, rejani oshig‘i bilan bajardi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” xususiy korxonasi tomonidan pilla yetishtirish maqsadida 4408 ta aholi xonadonlarga 5380 quti ipak qurti urug‘i parvarish qilish uchun tarqatildi va har bir qutisiga 300 ming so‘mdan bo‘nak puli berildi.

Yetishtirilgan pillaning 1 kg uchun joyida oilaviy zvenolariga 20 000 so‘mdan, fermer xo‘jaliklariga 5 000 so‘mdan mablag‘ ajratildi va 1,5 mlrd. so‘mlik tut ko‘chati bepul tarqatildi. Bu aholi bandligini ta’minlash bilan birga ularning moddiy manfaatdorligini oshirib, xonadonlariga 5.9 mlrd. so‘m atrofida mablag‘ kirib borishini ta’minladi.

Shuning asnosida tumanda pilla boquvchi oilaviy zvenolarning doimiy sinfi shakllandi.

Tumanda yetishtirilgan pilla “Kumush tola” korxonasini xom ashyo bilan ta’minlab, korxonada faoliyat yuritayotgan 100 nafar ishchi xizmatchilarni ish bilan ta’minladi.