Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda bilyard va kompyuter o‘yinlari faoliyatiga chek qo‘yildi

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida hujjatsiz faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan “uddaburon”lar faoliyati oshkor bo‘ldi. Jumladan, shaharning Shavqiy ko‘chasida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro I.Sh. noqonuniy ravishda bilyard o‘yinini tashkillashtirish faoliyatini yo‘lga qo‘ygani aniqlandi. Natijada fuqarodan jami qiymati 1 million 230 ming so‘mlik 4 turdagi bilyard anjomlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Shaharning Alisher Navoiy ko‘chasi, 199-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.S. esa hujjatsiz ravishda kompyuter o‘yinlarini tashkil etish bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Nazorat tadbirida qiymati 25 million 250 ming so‘mlik 11 turdagi kompyuterlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.