Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onda "Labo"da 10-15 ta ayol bilan harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatiga tegishli davlat raqamiga ega “Labo” avtomobili 10-15 ta odamlarni yuklagan holda harakatlanayotgani videosi tarqaldi.

Holat viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yib, transport vositasini boshqargan huquqbuzar haydovchiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi.

Viloyat IIB haydovchilardan yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini so‘raydi.