Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kattaqo‘rg‘onlik “yosh gvardiyachi”lar viloyatda birinchi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarii o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, Milliy gvardiya va xalq ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada harbiy vatanparvarlik yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan 4 ta umumta’lim maktabining 7-9-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining “Bars” jamoasi birinchi o‘rinni egallab, musobaqaning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

- Harbiy bo‘lish bolalikdagi orzuim, - deydi kattaqo‘rg‘onlik Kamron Shukurov. - Oldimga qanday maqsad qo‘ysam, albatta erishishga harakat qilyapman. Bugungi musobaqaning viloyat bosqichida ham jamoamiz g‘olib bo‘lishiga ishongandim. O‘ylaymanki, uning Respublika bosqichida ham birinchi o‘rinni egallaymiz.

Samarqand shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining “Sherdor” jamoasiga ikkinchi, Oqdaryo tumanidagi 45-maktabning “Shunqorlar” jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Husan G‘OZIYeV.