Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kechagi «Gaz zapravka»dagi portlashda 6 ta avtomashinaga zarar yetgan

Kecha, 25 fevral kuni Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «Nexia» rusumli avtomashinasida portlash yuz bergani haqida xabar bergan edik.

Portlash natijasida shoxobcha ishchisi jarohatlangan bo‘lib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi, 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz ballonda portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o‘rnatilgan, qolaversa, uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.