Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Keyingi sutkada dunyoda 410 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 107 million 838 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 373 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 410 876 yangi holati aniqlandi, 12 958 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda kasallikni 108 million 521 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 393 mingdan ortig‘i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi. U yerda JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 27,122 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o‘rinda Hindiston (10,892 milliondan ortiq), uchinchi o‘rinda Braziliya (9,713 milliondan ortiq), to‘rtinchi o‘rinda Rossiya (4,057 milliondan ortiq), beshinchi o‘rinda esa Buyuk Britaniya (4,013 milliondan ortiq).

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka davomida AQShda 101 693, Hindistonda 12 143, Braziliyada 54 742, Rossiyada 14 861, Buyuk Britaniyada esa 15 144 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.