Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kichik mevaning katta foydasi

Ayni mavsumning o‘ziga xos mevalaridan biri gilos hisoblanadi. Uning ta’mi tilga xush yoqsa, ko‘rinishi dilni yayratadi.Tarkibida A, B1, D2, D6, C, E, H va PP vitaminlari, shuningdek, kaliy, kalsiy, magniy, rux, mis va marganets mavjud.

🍒Gilos qonning quyulishi xavfini pasaytiradi. Ichaklar yurishishini yaxshilaydi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Tanadan zararli xiltlarni haydashga yordam beradi.

🍒Qora gilos gipertoniya, ya’ni qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlar uchun tavsiya etiladi.

🍒Bu meva peshob haydash xususiyatiga ham ega.Shu bois, buyraklar va jigarni tozalashda uning o‘rni beqiyos.
🍒Gilos qondagi shakar miqdorining ortishiga olib keladi. Shu bois, qandli diabet kasalligi bor bemorlarga bu meva tavsiya etilmaydi.

🍒Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga esa ehtiyotkorlik bilan berish lozim. Allergiyaga moyilligi bor bemorlarda teri qizarishi va qichishishi kabi reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin.