Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kiyevdagi 9 qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

21 iyun kuni soat 10:00 (12:00 – Toshkent vaqti)da Ukraina poytaxti Kiyev shahrida joylashgan to‘qqiz qavatli turar joy uylarining biridan gaz chiqishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Ukrainaning favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining matbuot xizmati xabar berdi.

“Soat 10:00 da Darnitskiy tumanining Grigorenko ko‘chasidagi to‘qqiz qavatli 41 uyda portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, gaz va havo aralashmasi oqibatida yuz bergan portlash tufayli to‘rtinchi va beshinchi, shuningdek, oltinchi va yettinchi qavatlar vayron bo‘lgan”, deyilgan xabarda.

Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan va 5 nafar fuqaro jabrlangan.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda.