Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kirish imtihonlari ikki smenada tashkil etiladi. Test ochiq stadionlarda o‘tkaziladi

Joriy yilgi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun test imtihonlari Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi ochiq stadionlarda o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, test imtihonlari kuniga ikki marta, kunning salqin paytlari tashkil etiladi. Test imtihonlarini taxminan 12-14 kunda yakunlash ko‘zda tutilgan.

Test imtihonlarini o‘tkazish sanasi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat sanitariya xizmati xulosalari asosida belgilanadi.

Mas’ul vazirlik va idoralarga oliy o‘quv yurtlarining yuqori kurs talabalari yangi o‘quv yilini sentyabrdan masofaviy shaklda boshlashlari uchun tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha topshiriq berilgan.