Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kitob o‘rniga kompyuter o‘yini

Yaqinda do‘konda buyurtmamni kutib turganimda bir otaxon nevarasini yetaklagancha kirib keldi. Mehribonligini ko‘z-ko‘z qilib, nevarasidan qanaqa o‘yinlar kerakligini so‘radi. Bolakay mashinalar poygasi, yana qanaqadir jangari o‘yinning nomini aytgach, do‘kon egasidan diskka ana shu o‘yinlarni ko‘chirib berishini so‘radi.
Nevarasiga bu davrda ko‘proq ertak kitoblar, aqlni charxlovchi o‘yinchoqlar olib berish yoki bolalar uchun tashkil etilgan to‘garaklarga, sport mashg‘ulotlariga jalb qilish o‘rniga, uning ma’naviyatiga, ruhiyatiga ziyon keltiruvchi o‘yinlarni olib berishi yoshi ulug‘ kishilarga yarasharmikan?

Maysara KOMILOVA,
Jomboy tumanidagi 5-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi.