Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kiyimiga aloqa vositalarini bekitgan abituriyent aniqlandi

Imtihonlarga aloqa vositalarini olib kirish qat’iyan taqiqlanadi, deya ma’lum qildi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Imtihonga kirish oldi PPX va JTSB xodimlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida kiyimiga “yashirin aloqa vositalari”ni bekitgan 28 yoshli abituriyent aniqlandi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi abituriyentlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o‘zlari bilan imtihonga olib kirmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqiradi.