Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘k choy ichish kimlarga mumkin emas?

Ko‘k choy yurak ritmini izdan chiqarishi mumkin, qon bosimi past yuradigan kishilarda esa, uni yana pasaytirib yuborishi mumkin.

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, ba’zi kishilarga ko‘k choy ichish yaramaydi.

Bu xususan, yurak-qon tomir tizimida xastaligi bor kishilarga taalluqlidir.

Shuningdek, o‘n ikki barmoq ichagida kasalligi bor kishilarga ham ko‘k choy ichish mumkin emas. Bunday holatda ko‘k choy ichish oshqozon va ichaklarga zarar yetkazadi.

Ko‘k choy ichishdan qalqonsimon bezlarida kasalligi bor kishilar ham o‘zlarini tiyishlari lozim.

Emizikli onalar ko‘k choy ichishlari ularning tiniqib uxlashlariga zarar qiladi.

Ko‘k choyda mavjud bo‘lgan kofein va teofilin moddalari taxikardiya xastaligini keltirib chiqarishi va asab tizimi faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.

Glaukoma va podagra kasalliklari bor kishilarga bu choyni ichish tavsiya etilmaydi.

Choy qancha ko‘p dam yesa, undagi purin kislotasi shunchalik ko‘payadi.

Bundan tashqari ko‘k choyni cheklanmagan ko‘p miqdorda ichish mumkin emas. Bu esa, buyraklarda tosh paydo bo‘lishi xavfini tug‘diradi.

Jaloliddin Nuriddinov tayyorladi.