Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

’’Ko‘ksaroy AVTO MALL’’ savdo majmuasi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yildi

Samarqand shahri kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbir ishtirokchilari Samarqand tumanidagi ’’Ko‘ksaroy AVTO MALL’’ savdo majmuasi qurilishi uchun tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashdi.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur majmuaning ahamiyati va imkoniyatlari haqida gapirdi.

Ta’kidlandiki, 4 gektar maydonda bunyod etiladigan savdo majmuasi 2200 ta savdo do‘konidan iborat bo‘ladi. Majmua faoliyat boshlagandan keyin 10 ming nafar yangi ish o‘rni yaratiladi. “Nurli kelajak ishonch servis” MChJ ta’sischiligida bunyod etilishi belgilangan mazkur majmuaning loyiha qiymati 100 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Majmua 2022 yilning 1-choragida foydalanishga topshirilishi belgilangan.