Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kontrakt to‘lovini amalga oshirolmagan talaba endi o‘qishdan chetlatilmasligi mumkin

AOKAdagi brifingda bu haqda aytildi:

- Agar talabaning vaziyati og‘ir bo‘lsa, talabaning qurbi to‘lashga yetmasa, oliy o‘quv yurti vaziyatni o‘rganib chiqib, shu talabaga yordam berib, kontraktni qoplash chorasi ko‘riladi. Talaba endilikda kontraktni to‘lay olmasa, u chetlatilmaydi, balki kursdan-kursga qoldirilishi masalasi ko‘rib chiqiladi, - dedi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov.

Ma’lumot uchun, bunda OTM tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgach, qaror qabul qilinadi.