Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi talabi bekor qilindi

“Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi (830-son, 31.12.2020 yil).

Qaror bilan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida ko‘p bolali oila tushunchasining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida jumladan:

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, ko‘p bolali oilalarga uy-joy ajratishda 16 yoshgacha yetti nafar va undan ziyod bolalari bo‘lishi lozimligi talabi bekor qilindi.

Qishloq joylardagi kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ko‘p bolali oilalarga bepul qoramol berilishida voyaga yetmagan besh nafar va undan ortiq bolalari bo‘lishi lozimligi talabi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Oila kodeksiga muvofiq to‘rt nafar va undan ortiq 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali hisoblanadi. Agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan 1 nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda 22 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila hisoblanadi.