Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koreys o‘qituvchilari Samarqandda o‘quv kurslarini boshladi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida Janubiy Koreya Respublikasining Sungkyungkvan universiteti ko‘ngillilari tomonidan “2019 World friends ICT SKKU Volunteers” loyihasi asosida o‘quv kurslari boshlandi. Chet ellik hamkorlar tomonidan o‘zbekistonlik talabalar uchun ishlab chiqilgan loyiha doirasida elektrotexnika va robotatexnika asoslarini o‘rganish bo‘yicha “Arduino UNO”  platformasida o‘quv treninglar olib borilmoqda.

– Janubiy Koreyaning Sungkyungkvan  universiteti tomonidan filialimizga 625 dollarlik 25 dona “Arduino UNO” qurilmasi olib kelindi, – deydi TATU Samarqand filiali xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhammadsolih Tursunov. – Bu vositalar talabalarning amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi. Hozirda chet ellik hamkorlarimiz o‘zlarining eng yangi modellarini bizning talabalarga o‘rgatmoqda.

Koreyalik olimlar bilan birga ularning 7 nafar bitiruvchi shogirdlari ham Samarqandga kelib, talabalarga elektrotexnika va robototexnika asoslari bo‘yicha amaliyot o‘tmoqda.

Abdug‘afur HOTAMOV, TATU Samarqand filiali matbuot kotibi.