Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus infeksiyasiga chalingan va surunkali kasalliklardan davolanib kelgan bemor vafot etdi

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. joriy yil 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxtimizdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.