Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirus Surxondaryoga ham yetib bordi

Shu kungacha infeksiya aniqlanmagan Surxondaryoda ham 23 kishi koronavirus bilan kasallandi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, kasallanganlarning 20 nafari joriy yilning 28 mart kuni Moskva shahridan charter reys bilan Termiz xalqaro aeroportiga kelib, Angor tumanida karantin muddatini o‘tayotgan yurtdoshimiz, 3 nafari chetdan viloyat hududiga kelgan uzoqqa qatnaydigan yuk mashinalari haydovchilaridir.

Ayni paytda Termiz shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan bu bemorlarning ahvoli yaxshi bo‘lib, davolash ishlari belgilangan standartlar va videokonsiliumlar asosida malakali shifokorlar tomonidan olib borilmoqda.