Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusni besh daqiqada yo‘q qiladigan mahsulot kashf etildi

Germaniyaning Ulm universiteti tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, qora ryabina va anor sharbati, shuningdek, ko‘k choy virusga qarshi yaxshi samaraga ega.

Qora ryabina sharbati inson tanasidagi koronavirus infeksiyasi faolligini besh daqiqada 97 foizga, ko‘k choy va anor sharbati esa 80 foizga kamaytiradi.

Sababi, ushbu mahsulotlar kislotali muhit yaratish xususiyatiga ega va ularning tarkibida virusga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi polifenollar mavjud.

Olimlar COVID -19 patogenlarini yo‘q qilish uchun ushbu sharbatlar va choy bilan tomoqni kuniga bir necha marta yuvishni maslahat berishgan.

Qayd etish joiz, ushbu ilmiy tadqiqot xulosalari hali ilmiy hamjamiyat tomonidan baholanishi lozim.