Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Koronavirusning yengil darajasida dori vositalarisiz organizmning o‘zi kasallikni yengishi mumkinmi?

— Ha, shunday ham bo‘lishi mumkin. Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, kontaktda bo‘lgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya’ni yengil darajada o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan bo‘ladi.

Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshka kuchli dori vositalarisiz yengishlari mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qo‘llab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi. Shuningdek,

➖ tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish, kuniga kamida 8 marta;

➖ kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;

➖ sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bo‘lishi;

➖ S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, na’matak, malina choylarni ichish, bolg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste’mol qilish;

➖ shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va   mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lumot berdi.