Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar talabga javob beradimi?

Past Darg‘om tumani adliya bo‘limida yuridik xizmat faoliyatiga oid qonun hujjatlariga rioya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, shartnomaviy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritish sifati yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tumandagi korxona va tashkilotlar yuridik xizmati, adliya bo‘limi, iqtisodiy sud xodimlari ishtirok etgan tadbirda dastlab sohaga oid qonunchilikka kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar xususida so‘z yuritildi. Qayd qilinganidek, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash hamda qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini ijrochilar va aholiga yetkazishda soha xodimlarining xodimining o‘rni beqiyos.

Shuningdek, seminarda so‘z olganlar shartnomaviy munosabatlar va da’vo ishlarini yuritishning o‘ziga xos jihatlari xususida to‘xtaldi. Bundan tashqari, seminar ishtirokchilari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bu borada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirda sud idoralari, adliya bo‘limlari va prokuratura organlarining tashkilotlar yuridik xizmatlari bilan hamkorligi, shu jumladan, yuridik xizmat faoliyatini yanada kuchaytirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

Luqmon Asatov,

Past Darg‘om tumani iqtisodiy sudi raisi.