Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kosmosdan Yerga qanaqa meteorit uchib kelmoqda?

Olimlar koinot ko‘lamida navbatdagi falokat ro‘y berishini bashorat qilishmoqda. Yerga ulkan meteorit yaqinlashyapti. Ammo vahima qilishga asos yo‘q – asteroid Yer yonidan o‘tib ketadi. NASAning xabar qilishicha, 2009PQ1 asteroidi 2009 yil 14 avgustda aniqlangan ekan. U “Appolonlar” sinfiga mansub bo‘lib, yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tadi. NASAga qarashli Yer atrofidagi ob’yektlarni o‘rganuvchi markaz uni (CNEOS) “xavfli” kategoriyalarga qo‘shadi. Asteroid kattaligi 84 dan 190 metrgacha bo‘lib, futbol maydoniga teng keladi.

Joriy yil 5 avgust soat 19:35 da u Yerga xavfsiz masofa - 3,2 million kilometr naridan o‘tib ketdi. Bu Yer bilan Oy o‘rtasidagi masofadan 7 marta ko‘pdir.

Bunday ob’yektlar vaqti-vaqti bilan Yerga yoki uning orbitasiga yaqinlashadi. Ammo insoniyatga bu samoviy jism tahdid solmaydi. Yer atrofidagi barcha ma’lum asteroidlar 100-150 yil oldin hisoblab chiqilgan. Astranomlar ular qaysi kun, qanday masofada, qanday tezlikda uchib o‘tishini bilishadi.

Yaqin 100 yilda birorta meteorit Yer bilan to‘qnashmaydi.

“AiF” (2020 y, 30-34 sonlar) asosida T.Murod tayyorladi.