Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kosonlik fuqaro Nurobodda 18 bosh qo‘y-qo‘zi o‘g‘irlagan

Nurobod tumani IIBga Sharq Yulduzi MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Yu.I. ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 18 fevral kuni soat 19:00 dan soat 23:00 gacha vaqt oralig‘ida yashash uyi hovlisida joylashgan qo‘yxonasidan har birining bozor bahosi 1.300.000 so‘mdan bo‘lgan 10 bosh qo‘ylar va har birining bozor bahosi 900.000 so‘mdan bo‘lgan 8 bosh qo‘zilar - jami 20.200.000 so‘mlik 18 bosh qo‘y-qo‘zilarning noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan va aybdorni topib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Nurobod tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Koson tumani, Saripul MFYda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.A. sodir etgani  aniqlangan. Undan 17 bosh qo‘y-qo‘zilar hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.