Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kreml pandemiya sababli jamiyatdagi xavotir va umidsizlik haqida bildirdi

Kreml koronavirus pandemiyasi fonida xalq orasida xavotir va umidsizlik (pessimizm) rivojlanishini qayd etmoqda, deya ta’kidladi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Uning fikrini RIA Novosti keltirdi.

Peskovning ta’kidlashicha, ham federal markaz, ham regionlar tomonidan olib borilayotgan choralar sog‘liqni saqlash tizimining “holdan toyishi” (kollapsi)ga yo‘l qo‘ymaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday sa’y-harakatlar u yoki bu regionlarda yuz beradigan tor lahzalar, muammoli vaziyatlarni tez va samarali bartaraf etishga imkon beradi.

Rossiyada oxirgi paytlarda 85 ta regionda 23675 kishida koronavirus aniqlandi. Yangi holatlarning aksariyati Moskva (4685), Sankt-Peterburg (3421), Moskva viloyatida (1005) qayd etilgan. Epidemiya davrida mamlakatda 2162503 kishi kasallik yuqtirgan.

G.XOLDOROVA tayyorladi.